Alohida hollarda, agar jinoyatni boshqa vositalar bilan to'xtatishning iloji bo'lmasa, eng so'nggi chora sifatida o'qotar qurol qo'llashga yo'l qo'yiladi.
O'qotar qurol quyidagi hollarda qo'llanilishi mumkin:
muassasa ma'muriyati vakillarini, boshqa mahkumlarni va o'zga shaxslarni ularning hayoti va sog'lig'iga aniq tahdid etuvchi hujumdan himoya qilish, shuningdek qurolni qo'lga kiritish maqsadida qilingan hujumni daf etish chog'ida;
garovga olinganlarni, mahkumlar egallab olgan binolarni, inshootlarni, xonalarni va transport vositalarini ozod qilish chog'ida;
jazoni ijro etish muassasasining qo'riqlanadigan ob'yektlariga, transport vositalariga guruh bo'lib qilingan yoki qurolli hujumni daf etish yoxud mahkumlarni zo'rlik bilan ozod qilishga urinishlarni to'xtatish chog'ida;
ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochayotgan yoki qurolli qarshilik ko'rsatayotgan mahkumni ushlash chog'ida;
mahkumlar qochishda foydalanayotgan transport vositasini to'xtatish chog'ida.
O'qotar qurol qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qo'llanilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn72-modda. O'qotar qurol qo'llash asoslari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.