Ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyati butun jumhuriyat hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari jumhuriyat jamoat birlashmalariga kiradi. Bunda siyosiy partiyaning kamida sakkizta hududiy sub'yektda (viloyatda), shu jumladan Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan kamida yigirma ming, kasaba uyushmasining esa, kamida uch ming a'zosi bo'lishi kerak.
Viloyat, nohiya, shahar, posyolka va qishloq jamoat birlashmalari mahalliy jamoat birlashmalariga kiradi.
Ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyati butun viloyat hududida, Toshkent shahrida esa butun shahar hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari viloyat, Toshkent shahar jamoat birlashmalariga kiradi.
Ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyati butun nohiya (shahar) hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari nohiya (shahar) jamoat birlashmalariga kiradi.
Ustavda belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyati posyolka, qishloq hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari posyolka, qishloq jamoat birlashmalariga kiradi.
Zarurat paydo bo'lgan hollarda viloyatlararo va nohiyalararo jamoat tashkilotlari tuzilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Jamoat birlashmalari to'g'risida»gi qonun
6-modda. Respublika jamoat birlashmalari va boshqa jamoat birlashmalari
(6-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 12 декабрдаги 568-II-сон Қонуни таҳририда — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2004 й., 1-2-сон, 18-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.