Davlat jamoat birlashmalari huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlaydi hamda Konstitutsiyaga muvofiq ular o'z ustavlaridagi vazifalarni bajarishlari uchun shart-sharoit yaratilishiga kafolat beradi.
Davlat yoshlar va bolalar tashkilotlariga moddiy va ma'naviy madad beradi, ularga nisbatan imtiyozli soliq siyosati o'tkazilishini ta'minlaydi, bolalar tashkilotlariga, maktab, maktabdan tashqari muassasalar binolaridan, klublardan, madaniyat saroylari va uylaridan, sport inshootlari va boshqa inshootlardan bepul yoki imtiyozli shartlar bilan foydalanish huquqini beradi.
Qonunda ko'zda tutilgan hollardan tashqari davlat idoralari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat idoralari va mansabdor shaxslarning faoliyatiga aralashishiga yo'l qo'yilmaydi.
Jamoat birlashmalari tashkilotlarining tadbirlari ular a'zolarining (qatnashchilarning) asosan ishdan bo'sh vaqtida va mazkur birlashmalar mablag'i hisobidan amalga oshiriladi.
Jamoat birlashmalari manfaatlariga daxldor masalalar qonunchilikda ko'zda tutilgan hollarda tegishli jamoat birlashmalari ishtirokida yoki ular bilan kelishilgan holda davlat idoralari va xo'jalik tashkilotlari tomonidan hal qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn«Jamoat birlashmalari to'g'risida»gi qonun
5-modda. Davlat va jamoat birlashmalari
(5-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.