«Ipoteka to'g'risida»gi qonun

65-modda. Undiruvni garovga qo'yilgan uy yoki kvartiraga qaratish

(65-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Basharti uy yoki kvartira ipoteka to'g'risidagi shartnoma yoxud qonun asosidagi ipoteka bo'yicha bank, boshqa kredit tashkiloti yoki yuridik shaxs tomonidan shunday uy yoki kvartira olish yoxud qurish uchun berilgan kredit yoki aniq maqsadli qarz qaytarilishini ta'minlash uchun garovga qo'yilgan bo'lsa, ipotekaga oluvchining undiruvni garovga qo'yilgan uy yoki kvartiraga qaratishi va uni realizatsiya qilishi bunday uyda yoki kvartirada birgalikda yashayotgan ipotekaga qo'yuvchining va uning oila a'zolarining, shu jumladan sobiq oila a'zolarining foydalanish huquqi tugatilishiga asos bo'ladi. Undiruv garovga qo'yilgan uy yoki kvartiraga sud tartibida ham, suddan tashqari tartibda ham ushbu Qonunda belgilangan qoidalarga rioya etilgan holda qaratilishi mumkin. Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan hamda undiruv qaratilgan uy yoki kvartira ushbu Qonunda belgilangan tartibda realizatsiya qilinadi. Garovga qo'yilgan uy yoki kvartirani bo'shatib berish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.