«Ipoteka to'g'risida»gi qonun

64-modda. Bank yoki boshqa kredit tashkilotining krediti hisobiga olinayotgan yoki qurilayotgan uylar va kvartiralar ipotekasi

(64-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Agar shartnomada yoki qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, bank yoxud boshqa kredit tashkilotining kredit mablag'laridan yoki yuridik shaxsning uy yoki kvartira olish yoxud qurish uchun berilgan aniq maqsadli qarz mablag'laridan foydalangan holda olinayotgan yoki qurilayotgan uy yoki kvartira qarz oluvchining uy yoki kvartiraga bo'lgan mulk huquqi davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e'tiboran ipotekaga qo'yilgan deb hisoblanadi. Uy yoki kvartira olish yoxud qurish uchun kredit yoki aniq maqsadli qarz bergan bank yoxud boshqa kredit tashkiloti yoki yuridik shaxs mazkur ipoteka bo'yicha ipotekaga oluvchidir. Ushbu moddaning birinchi qismi asosida vujudga keladigan uy yoki kvartira ipotekasiga nisbatan tegishincha ipoteka to'g'risidagi shartnoma asosida vujudga keladigan ko'chmas mulk ipotekasi haqidagi qoidalar qo'llaniladi. Vasiylik va homiylik organlari, agar voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlari buzilayotganligini e'tirof etish uchun vasiylik va homiylik organlarida asoslar bo'lmasa, voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslar yashayotgan turar joy mulkdorining oila a'zolari bo'lgan bunday shaxslarning qonuniy vakillariga bu turar joyni tasarrufdan chiqarishga va (yoki) ipotekaga qo'yishga rozilik berishga haqli. Vasiylik va homiylik organlarining ushbu moddaning uchinchi qismida ko'rsatilgan shaxslar yashayotgan turar joyni ipotekaga qo'yish uchun rozilik berish to'g'risidagi qarori yoki bunday rozilik berishni rad etish to'g'risidagi asoslantirilgan qarori rozilik berish so'ralgan ariza topshirilgan sanadan keyin kechi bilan o'n besh kun ichida yozma shaklda qabul qilinishi hamda ariza beruvchiga berilishi kerak. Vasiylik va homiylik organlarining qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.