Auktsion o'tkazilishi to'g'risidagi xabarnomada quyidagi ma'lumotlar ko'rsatilishi kerak:
ipotekaga qo'yuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri);
ipotekaga oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri);
bajarilmagan majburiyatlarning qisqacha bayoni va ipotekaga qo'yuvchining ipotekaga oluvchi oldidagi, ipoteka narsasini realizatsiya qilish hisobiga qanoatlantirilishi kerak bo'lgan barcha qarzlarining umumiy summasi;
ipoteka narsasi bo'lgan va auktsionga qo'yilayotgan ko'chmas mulkning nomi, tavsifi va ta'rifi;
auktsion o'tkaziladigan joy va vaqt.
Agar auktsion ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan o'tkaziladigan bo'lsa, auktsion o'tkazilishi to'g'risidagi xabarnomada mazkur tashkilotning nomi, joylashgan yeri va telefon raqami to'g'risidagi ma'lumotlar ham ko'rsatilgan bo'lishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn«Ipoteka to'g'risida»gi qonun
46-modda. Auktsion o'tkazilishi to'g'risidagi xabarnomaning mazmuni
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.