«Ipoteka to'g'risida»gi qonun

45-modda. Majburiyatlar bajarilmaganligi to'g'risidagi xabarnomaning mazmuni

Ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha majburiyatlar bajarilmaganligi to'g'risidagi xabarnomada quyidagi ma'lumotlar ko'rsatilishi kerak: ipotekaga qo'yuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri); ipotekaga oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri); bajarilmagan majburiyatlarning qisqacha bayoni; asosiy majburiyatning, shuningdek garovga qo'yilgan mol-mulkning sotilishi ehtimoliga qadar ipotekaga qo'yuvchi to'lashi kerak bo'lgan barcha yig'imlar, chiqimlar va xarajatlarning umumiy rasshifrovkasi; xabarnoma olingan paytdan e'tiboran o'ttiz kun ichida barcha qarzlarni to'liq uzish to'g'risidagi taklif; ipoteka narsasi bo'lgan garovga qo'yilgan mol-mulkni sotish bo'yicha auktsion o'tkazilishi mumkinligi to'g'risidagi ogohlantirish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.