«Ipoteka to'g'risida»gi qonun

35-modda. Garov xatini garovga qo'yish

(35-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 12 февралдаги ЎРҚ-1028-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 13.02.2025 й., 03/25/1028/0138-сон)

Garov xati uni boshqa shaxsga (garov xatini garovga oluvchiga) o'tkazish orqali yoki o'tkazmasdan kredit shartnomasi bo'yicha majburiyatni yoki shu shaxs bilan garov xatida dastlab ko'rsatilgan ipotekaga oluvchi yoxud uning o'zga qonuniy egasi o'rtasida vujudga kelgan boshqa majburiyatni bajarilishini ta'minlash uchun garov xatining garovi to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilishi mumkin. Garov xatining garovi bilan ta'minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, ipotekaga oluvchi garov xatini garovga oluvchining talabiga binoan garov xati bo'yicha o'z huquqlarini ushbu Qonunning 34-moddasida nazarda tutilgan tartib va shartlar asosida unga o'tkazishi shart. Bu huquqlarni o'tkazish rad etilgan taqdirda, garov xatini garovga oluvchi ana shu huquqlar o'ziga o'tkazilishini sud tartibida talab qilishi mumkin. Garov xati bo'yicha huquqlar o'ziga berilgan yoki sud tomonidan o'ziga o'tkazilgan garov xatini garovga oluvchi undiruvni garov xatining shartlariga muvofiq ipoteka narsasiga qaratishga haqlidir. Ipoteka narsasini realizatsiya qilish natijasida tushgan summalar ipotekaga oluvchining garov xatini garovga oluvchidan qarzini uzishga qaratiladi, qolgan summa esa kredit shartnomasi yoki garov xati ipotekasi bilan ta'minlangan boshqa majburiyat bo'yicha ipotekaga oluvchiga tegishli qarzni uzish uchun ushbu Qonunning 50-moddasiga muvofiq garovga qo'yuvchining o'zga kreditorlariga va garovga qo'yuvchining o'ziga beriladi. Garov xatini garovga olish to'g'risidagi shartnomada taraflar garovga oluvchining muayyan muddat o'tganidan keyin garov xatini sotib, tushgan puldan uning garovi bilan ta'minlangan majburiyat summasini ushlab qolish huquqini nazarda tutishi mumkin. Bu holda ushbu huquq garov xatidagi garov narsasini o'tkazish to'g'risidagi maxsus yozuvda nazarda tutilgan bo'lishi kerak. Garov xati garovi belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazuvchi organ tomonidan ro'yxatga olinishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.