Garov xati bo'yicha huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish oddiy yozma shaklda bitim tuzish orqali amalga oshiriladi.
Garov xati bo'yicha huquqlarning boshqa shaxsga o'tkazilishi talablardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish (tsessiya) oqibatlarini keltirib chiqaradi.
Hujjatli garov xati bo'yicha huquqlar boshqa shaxsga o'tkazilayotganda huquqni o'tkazayotgan shaxs uning yangi egasi to'g'risida hujjatli garov xatiga belgi qo'yadi. Belgida hujjatli garov xati bo'yicha huquqlar o'tkazilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) hamda bunday o'tkazish asosi aniq va to'liq ko'rsatilishi kerak.
Garov xatining yangi egasi to'g'risidagi belgi hujjatli garov xatida ko'rsatilgan ipotekaga oluvchi tomonidan, agar bu birinchi yozuv bo'lmasa, oldingi belgida ko'rsatilgan hujjatli garov xatining egasi tomonidan imzolanishi kerak.
Elektron garov xatlari bo'yicha huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish depo hisobvarag'iga tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi. Elektron garov xatiga doir huquqlar oluvchining depo hisobvarag'iga tegishli yozuv kiritilgan paytdan e'tiboran unga o'tadi va depo hisobvarag'idan ko'chirma bilan tasdiqlanadi.
Garov xati bo'yicha huquqlarning boshqa shaxsga o'tkazilishi bu hujjat bilan tasdiqlanadigan barcha huquqlar ham shunga ko'ra o'sha shaxsga o'tkazilishini anglatadi.
Dastlabki ipotekaga oluvchining va garov xati oldingi egalarining huquqlaridan qat'i nazar, garov xati bilan tasdiqlangan barcha huquqlar, shu jumladan ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha ipotekaga oluvchining huquqlari va kreditorning huquqlari garov xatining qonuniy egasiga tegishli bo'ladi.
Agar ushbu moddada ko'rsatilgan bitimda boshqacha shartlashilmagan bo'lsa, garov xati bo'yicha huquqlar boshqa shaxsga ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat (asosiy majburiyat) qisman bajarilgan holda o'tkazilayotganda garov xati bo'yicha huquqlar boshqa shaxsga o'tkazilgan paytga qadar bajarilishi kerak bo'lgan majburiyatlar bajarilgan deb hisoblanadi.
Hujjatli garov xatining egasi, agar uning hujjatli garov xatiga bo'lgan huquqlari garov xati bo'yicha huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazishga doir bitimga hamda hujjatli garov xatiga uning oldingi egasi kiritgan oxirgi belgiga asoslansa, u hujjatli garov xatining qonuniy egasi deb hisoblanadi. Agar hujjatli garov xati garovga o'tkazishga doir maxsus yozuvlarni kiritgan biron-bir shaxsning egaligidan o'g'irlanishi natijasida yoki bu shaxsning xohish-irodasidan tashqari boshqacha tarzda chiqib ketgan, hujjatli garov xatining egasi unga ega bo'layotganda buni bilganligi yoki bilishi lozim ham bo'lganligi isbotlangan bo'lsa, u garov xatining qonuniy egasi deb hisoblanmaydi.
Elektron garov xati berilgan taqdirda, elektron garov xatining egasi, agar uning garov xatiga bo'lgan huquqlari depo hisobvarag'i bo'yicha yozuv bilan tasdiqlangan bo'lsa, u elektron garov xatining qonuniy egasi deb hisoblanadi.
Garov xatidagi uning boshqa shaxslarga navbatdagi o'tkazilishini taqiqlaydigan yozuvlar o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmaydi.
Agar uchinchi shaxs (ashyoviy kafil) ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatni qarzdor uchun to'liq bajargan bo'lsa, u garov xati bo'yicha huquqlar o'ziga o'tkazilishini talab qilishga haqli. Bu holda kreditorning majburiyat bo'yicha huquqlari qonunga muvofiq uchinchi shaxsga (ashyoviy kafilga) o'tadi. Ipotekaga oluvchi bu huquqlarni o'tkazishni rad etgan taqdirda, uchinchi shaxs (ashyoviy kafil) bu huquqlar o'ziga o'tkazilishini sud tartibida talab qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Ipoteka to'g'risida»gi qonun
34-modda. Garov xati bo'yicha huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish
(34-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 12 февралдаги ЎРҚ-1028-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 13.02.2025 й., 03/25/1028/0138-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.