Arbitraj muhokamasining tarafi arbitrajning hal qiluv qarori ustidan iqtisodiy sudga arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi arizani berish orqali shikoyat qilishi mumkin.
Ishda ishtirok etishga jalb etilmagan, huquqlari va majburiyatlari to'g'risida arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan shaxslar ham arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilishi mumkin.
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ariza ushbu arizani bergan taraf arbitrajning hal qiluv qarorini olgan sanadan e'tiboran, «Xalqaro tijorat arbitraji to'g'risida»gi Qonunning 49-moddasiga muvofiq iltimosnoma berilgan taqdirda esa ushbu iltimosnoma bo'yicha arbitraj sudi tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan sanadan e'tiboran yoki ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, huquq va majburiyatlari to'g'risida arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan shaxs arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi arizani berish uchun asos bo'lgan holatlarni bilgan yoki bilishi kerak bo'lgan sanadan e'tiboran uch oy o'tgach berilishi mumkin emas.
Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risida ariza kelib tushgan taqdirda, iqtisodiy sud arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi masala bo'yicha ish yuritishni arbitraj sudiga arbitraj muhokamasini tiklash yoki arbitraj sudining fikriga ko'ra arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish asoslarini bartaraf etadigan boshqa harakatlarni bajarish imkonini berish uchun o'zi belgilagan muddatga, tegishli holatda va taraflardan birining iltimosnomasiga ko'ra to'xtatib turishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn232⁵-modda. Arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.