Iqtisodiy protsessual kodeksi

111-modda. Ish yuritishni tugatish tartibi va oqibatlari

Ish yuritishni tugatish to'g'risida sud ajrim chiqaradi. Sud ajrimda ish yuritishni tugatish asoslarini ko'rsatadi, shuningdek ushbu Kodeks 110-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan holda davlat bojini byudjetdan qaytarish va sud xarajatlarini taraflar o'rtasida taqsimlash to'g'risidagi masalalarni hal qiladi. Ajrimning ko'chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. Ish yuritishni tugatish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ish yuritish tugatilgan taqdirda ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan sudga takroran murojaat qilishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.