Iqtisodiy protsessual kodeksi

110-modda. Ish yuritishni tugatish asoslari

(110-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 октябрдаги ЎРҚ-1089-сонли Қонунига асосан 3²-банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.10.2025 й., 03/25/1089/0953-сон)

Sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi, agar: 1) ish iqtisodiy sudga, fuqarolik ishlari bo'yicha sudga yoki ma'muriy sudga taalluqli bo'lmasa; 2) fuqarolik ishlari bo'yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki chet davlat vakolatli sudining ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo'lsa, bundan iqtisodiy sud tomonidan chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish rad etilgan hollar mustasno; 3) hakamlik sudining ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo'lsa, bundan iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy tarzda ijroga qaratish yuzasidan ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno; 3¹) ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan arbitrajning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo'lsa, bundan iqtisodiy sud arbitrajning hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etgan hollar mustasno; 3²) sudning ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan tuzilgan mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ajrimi mavjud bo'lsa; 4) ishda taraf hisoblangan yuridik shaxs tugatilgan bo'lsa; 5) ishda taraf hisoblangan fuqaroning o'limidan so'ng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo'l qo'ymasa; 6) da'vogar da'vosidan voz kechgan va sud uni qabul qilgan bo'lsa; 7) kelishuv bitimi tuzilib, u sud tomonidan tasdiqlangan bo'lsa; 8) da'vogar javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan bo'lsa, bunda shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki taraflar shartnomasida nazarda tutilgan va bunday tartibni qo'llash imkoniyati boy berilgan bo'lsa; 9) to'plangan materiallar yo'qotilgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash uchun yetarli bo'lmasa.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.