«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun

34-modda. Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash bo'yicha imtiyoz hamda preferentsiyalar berish

(34-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 17 мартдаги ЎРҚ-1122-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.03.2026 й., 03/26/1122/0250-сон)

Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash uchun qo'llaniladigan imtiyoz hamda preferentsiyalar quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin: soliqlar va to'lovlar bo'yicha imtiyozlar berish; investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun investor tomonidan olinadigan kreditlar bo'yicha foiz stavkalarini subsidiyalash. Imtiyozlar va preferentsiyalar quyidagilarga qarab beriladi: investitsiyalar hajmiga; investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan joyning shart-sharoitlariga; kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy samaraga va yangi ish o'rinlarini yaratishga; investitsiya loyihasini amalga oshirish sohalari va tarmoqlariga. Soliqlar va to'lovlar bo'yicha imtiyozlar qonunda belgilangan tartibda beriladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash uchun qo'llaniladigan preferentsiyalar tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan, shu jumladan munitsipal ob'yektlarga nisbatan Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari mablag'lari hisobidan berilishi mumkin. Imtiyozlar va preferentsiyalar tegishli hududga investitsiyalar kiritishni nazarda tutuvchi investorlarga mazkur hudud infratuzilmasining rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda beriladi. To'g'ridan-to'g'ri chet el investitsiyalarini jalb qilgan holda tashkil etilgan va qonunchilik bilan tasdiqlanadigan ro'yxat bo'yicha iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarishga (xizmatlar ko'rsatishga) ixtisoslashgan korxonalarga O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda alohida soliqlar yuzasidan imtiyozlar qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.