Jamg'arma byudjeti sug'urtalovchi tomonidan ishlab chiqiladi va O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlanadi.
Jamg'arma mablag'lari davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlarni, shu jumladan mazkur to'lovlarni amalga oshirish bilan bog'liq xarajatlarni moliyalashtirishga sarflanadi.
Tasdiqlangan byudjet ko'rsatkichlarining bajarilishi sug'urtalovchi va uning hududiy bo'linmalari, tuman (shahar) «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ta'minlanadi.
Jamg'arma byudjetining muayyan moliya yilidagi ijrosi to'g'risidagi hisobotlar O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Jamg'armaning joriy hisobot yilida foydalanilmay qolgan mablag'lari olib qo'yilmaydi va keyingi yilga o'tkaziladi.
lex.uz’dagi asl matnDavlat ijtimoiy sug'urtasi to'g'risidagi qonun (2025, kasallik va dekret nafaqalari)
15-modda. Davlat ijtimoiy sug'urtasi mablag'larini byudjetlashtirish va xarajat qilish hamda ularning ijrosi to'g'risidagi hisobotlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.