Davlat ijtimoiy sug'urtasi to'g'risidagi qonun (2025, kasallik va dekret nafaqalari)

14-modda. Davlat ijtimoiy sug'urtasi moliyaviy barqarorligining davlat kafolatlari

Jamg'armaning daromadlari va xarajatlari prognozini tuzishda hamda davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirish uchun jamg'arma byudjeti taqchilligining prognoz xavflari yuzaga kelganda, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi sug'urtalovchining asoslangan talabnomasi asosida navbatdagi moliya yili uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun loyihasini ishlab chiqishda, davlat byudjeti taqchilligining cheklangan miqdorini hisobga olgan holda, davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlarni ta'minlash imkonini beradigan, O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan jamg'armaga byudjetlararo transfertlar ajratilishini nazarda tutadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.