Majburiy ijro byurosi tizimida Ichki xavfsizlik inspektsiyasi tashkil etiladi, u Majburiy ijro byurosi organlari xodimlari tomonidan g'ayriqonuniy harakatlar sodir etilishining oldini olish bo'yicha ish olib boradi, xizmat tekshiruvlarini o'tkazadi, Majburiy ijro byurosi organlarini halol va kasbiy tayyorgarlikka ega bo'lgan kadrlar bilan to'ldirish uchun nomzodlarni o'rganadi, Majburiy ijro byurosi organlari xodimlarini ularning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlardan, xodimlarning va ular oila a'zolarining shaxsiy hayoti, sog'lig'i va mol-mulkini tajovuzlardan himoya qilish choralarini ko'radi.
Ichki xavfsizlik inspektsiyasi o'z faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
89²-modda. Ichki xavfsizlik inspektsiyasi
(89²-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.