«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

89-modda. Davlat ijrochilarining ijtimoiy himoyasi

(89-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Davlat ijrochilari respublika byudjeti mablag'lari hisobidan davlat majburiy sug'urtasidan o'tkazilishi kerak. Davlat ijrochilari o'z xizmat vazifalarini bajarishlari bilan bog'liq holda mayib bo'lgan yoki ularning sog'lig'iga boshqacha tarzda shikast yetkazilgan yohud ular halok bo'lgan taqdirda davlat ijrochisiga yoki halok bo'lgan shaxsning oilasiga qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorda bir yo'la beriladigan nafaqa to'lanadi. Davlat ijrochilari o'z xizmat vazifalarini bajarishlari bilan bog'liq holda ularning mol-mulkiga yetkazilgan zarar respublika byudjeti mablag'lari hisobidan qoplanib, bu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.