«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

87-modda. Davlat ijrochisining talablarini bajarishning majburiyligi

(87-модда Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)

Davlat ijrochisining o'z vakolatlari doirasidagi talablari O'zbekiston Respublikasi hududida barcha organlar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir. Davlat ijrochilari o'z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur bo'lgan axborot, hujjatlar va hujjat nusxalari ularning talabiga ko'ra bepul va davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda taqdim etiladi. Davlat ijrochisining talablarini bajarmaslik, uning zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishiga monelik qiluvchi xatti-harakatlar sodir etish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.