Davlat ijrochisining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qaror chiqarilganligi to'g'risida xabar qilingan kundan yoki manfaatdor shaxsga o'z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqida ma'lum bo'lgan paytdan e'tiboran o'n kunlik muddatda davlat ijrochisi joylashgan yerdagi ma'muriy sudga yoxud bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga beriladi.
Davlat ijrochisining qaroriga qonunda belgilangan tartibda prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
86¹-modda. Davlat ijrochisining qarorlari ustidan shikoyat berish va protest keltirish. Davlat ijrochisining harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish
(86¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-833-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.04.2023 й., 03/23/833/0236-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.