«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

72-modda. Ishga tiklash to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish

Xodimni ishga tiklash to'g'risidagi ijro hujjati, basharti u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilingan yoki u qonunga xilof ravishda boshqa ishga o'tkazilgan bo'lsa, darhol ijro etiladi. Ishga tiklash to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish yoki boshqa ishga o'tkazish haqidagi o'zining noqonuniy farmoyishini bekor qilish to'g'risida buyruq chiqarib, xodim ilgarigi mehnat majburiyatlarini bajarishga amalda qo'yilgan vaqtdan boshlab tamomlangan hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.