Yuridik shaxsning qarzlari bo'yicha, shu jumladan uning mol-mulki ijro hujjatidagi talablarni ijro etish uchun yetarli bo'lmaganda, undiruv sud hujjati asosida, qonunda belgilangan shartlarda va tartibda ushbu yuridik shaxs mulkdorlarining, muassislarining va a'zolarining (ishtirokchilarining) pul mablag'lariga hamda boshqa mol-mulkiga qaratilishi mumkin.
Tegishli qarzdor yuridik shaxslarga nisbatan ijro harakatlarini amalga oshirishda undiruvni xususiy korxona mulkdori, muassasa mulkdori, fermer xo'jaligining rahbari, dehqon xo'jaligining a'zolari, ishlab chiqarish kooperativining a'zolari, to'liq shirkat ishtirokchilari, shuningdek kommandit shirkatdagi to'liq sheriklar pul mablag'lariga va boshqa mol-mulkiga qaratish ijro hujjatini ijro etish tartibi hamda usulini o'zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Qarzdorning ijro hujjatidagi talablarni ijro etish uchun yetarli mol-mulki bo'lmaganda, undiruv sud qarori asosida qarzdorning mas'uliyati cheklangan jamiyat, to'liq shirkat, kommandit shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga, qarzdorning ishlab chiqarish kooperatividagi payiga qaratiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
48³-modda. Undiruvni ayrim yuridik shaxslarning, ular mulkdorlarining, muassislarining va a'zolarining (ishtirokchilarining) mol-mulkiga qaratish xususiyatlari
(48³-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-1137-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2026 й., 03/26/1137/0396-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 22 июль)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.