«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

48¹-modda. Qarzni chet el valyutasida hisoblab chiqarishda undiruvni qarzdorning pul mablag'lariga qaratish tartibi

(48¹-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)

Qarzdordan topilgan va olib qo'yilgan, ijro hujjatida ko'rsatilgan naqd chet el valyutasini davlat ijrochisi olib qo'yilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag'iga topshiradi, ijro hujjatida ko'rsatilganidan boshqa chet el valyutasini yoki so'mdagi naqd pul mablag'larini sotish (ijro hujjatida ko'rsatilgan tegishli chet el valyutasini sotib olish) uchun chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish huquqidan foydalanuvchi bankka topshiradi. Qarzdorning bank hisobvarag'ida, omonatida turgan yoki bankda saqlanayotgan, ijro hujjatida ko'rsatilganidan boshqa chet el valyutasidagi yoki so'mdagi pul mablag'lari xatlanganida, davlat ijrochisi o'z qarori bilan vakolatli bank zimmasiga ijro hujjatini ijro etish uchun zarur bo'lgan miqdorda ijro hujjatida ko'rsatilgan tegishli chet el valyutasini sotib olish majburiyatini yuklaydi. Agar bank O'zbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida chet el valyutasi sotish yoki sotib olish huquqidan foydalanmayotgan bo'lsa, davlat ijrochisi uning zimmasiga chet el valyutasi yoki so'mni shunday huquqdan foydalanuvchi bankka o'tkazish majburiyatini yuklaydi. Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasida sotib olingan pul mablag'lari ular tomonidan Majburiy ijro byurosining tegishli hududiy boshqarmasi depozit valyuta hisobvarag'iga o'tkaziladi. Qarz chet el valyutasida hisoblab chiqarilayotganda davlat ijrochisi ijro yig'imi, shuningdek u tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini tegishli qaror chiqarilgan kundagi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan chet el valyutasi kursidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqilgan miqdorda so'mda hisoblab chiqaradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.