«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

43⁴-modda. Majburiyatlar reyestridagi ijro hujjatlariga doir ma'lumotlarni saqlash va chiqarib tashlash tartibi hamda muddatlari

(3²-боб Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 16 июндаги ЎРҚ-1069-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.06.2025 й., 03/25/1069/0510-сон)

Ijro hujjatlariga doir ma'lumotlar Majburiyatlar reyestriga avtomatlashtirilgan tizim orqali kiritiladi va o'n yil davomida saqlanadi. Ijro hujjatiga doir ma'lumotlarning Majburiyatlar reyestriga kiritilganligi qarzdorni qonunda belgilangan asoslar vujudga kelganda bankrot deb topish tartib-taomilini boshlashga to'sqinlik qilmaydi. Ijro hujjatlariga doir ma'lumotlar quyidagi hollarda Majburiyatlar reyestridan chiqarib tashlanadi: 1) ijro ishini yuritish qayta tiklanganda; 2) ijro hujjati amalda ijro etilganda; 3) undiruvchining arizasiga ko'ra; 4) ijro hujjati uni bergan sudning yoki boshqa organning talabiga ko'ra ijro etilmasdan qaytarilganda; 5) iqtisodiy sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatish ishini yuritishni ochish to'g'risidagi yoki qarzdor jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash to'g'risidagi qarorining ko'chirma nusxasi olinganda; 6) qarzdor yuridik shaxs davlat reyestridan chiqarilganda; 7) qarzdorning mol-mulki yoki pul mablag'lari haqidagi ma'lumotlar o'n yil davomida aniqlanmaganda.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Ijro hujjatlari (sud qarorlari, huquq-muhofaza organlarining buyruqlari) haqidagi ma'lumotlar Majburiyatlar reyestriga kompyuter tizimi orqali kiritiladi va o'n yil saqlanadi. Bu vaqt ichida qarzdor bankrot bo'lishi yoki boshqa o'zgarishlar bo'lsa, ma'lumotlar reyestrdan o'chiriladi. **Kimga tegishli** Bu tartibi ijro hujjatlarini ijro etuvchi organlar, undiruvchilar (kreditor) va qarzdorlar (jismoniy va yuridik shaxslar) qo'llaydi. **Amalda** Agar sud qarori bo'yicha qarzdor qarzini to'lasa, ijro hujjati haqidagi ma'lumot reyestrdan o'chiriladi. Yoki qarzdor bankrot bo'lib, iqtisodiy sud qaror chiqarsa, ma'lumot avtomatik o'chiriladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.