Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida majburiy ijro etish undiruv qarzdorning mol-mulkiga (bundan pul mablag'lari mustasno) qaratilmagan hamda qarzdorga nisbatan javobgarlik choralari qo'llanilmagan holda amalga oshiriladi. Bunda qarzdorga nisbatan faqat ushbu Qonun 43²-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan majburiy ijro etish choralari qo'llanilishi mumkin.
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi qarzdor jismoniy shaxslardan ma'muriy jarimalarni, soliq qarzini, davlat bojini, pochta va (yoki) videokonferentsaloqa xarajatlarini, kommunal xizmatlar to'lovi yuzasidan qarzdorlikni, ko'p kvartirali uylar mulkdorlarining majburiy badallarini yoki to'lovlari bo'yicha qarzdorlikni, shuningdek bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan ko'p bo'lmagan miqdordagi summani undirish to'g'risidagi ijro hujjatlariga nisbatan tatbiq etiladi, bundan jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etish to'g'risidagi va darhol ijro etilishi lozim bo'lgan ijro hujjatlari mustasno.
Ijro ishini soddalashtirilgan tartibda yuritish bo'yicha davlat ijrochisi tomonidan qarorlar qabul qilinmaydi (bundan ijro yig'imini undirish to'g'risidagi qaror mustasno), undiruv qarzdorning yashash joyiga yoki mol-mulki turgan joyga bormagan holda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash yo'li bilan masofadan turib amalga oshiriladi.
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ijro hujjatlari ularni ijroga topshirish muddati o'tib ketganidan keyin yuborilgan bo'lsa yoki ushbu Qonunning 8 va 8³-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo'lmasa, davlat ijrochisi ijro hujjatlarini ular kelib tushgan paytdan e'tiboran bir ish kuni ichida qaytarib yuboradi.
Davlat ijrochisi ijro hujjati kelib tushgan paytdan e'tiboran bir ish kuni ichida qarzdorga ijro hujjatidagi talablarni ushbu Qonunning 22¹-moddasida nazarda tutilgan tartibga muvofiq ijro etish haqida xabarnoma yuboradi.
Ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun qarzdorga u xabarnomani olgan kundan e'tiboran besh kunlik muddat berilib, bu haqda xabarnomada ko'rsatiladi.
Qarzdor ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan muddatda ijro hujjatining talablarini uzrli sabablarsiz ixtiyoriy tartibda bajarmagan taqdirda, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan ushbu Qonunning 43²-moddasida nazarda tutilgan majburiy ijro etish choralari qo'llaniladi va qarzdordan belgilangan tartibda ijro yig'imi undiriladi.
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibidagi majburiy ijro etish choralari ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan muddat tugagan kundan e'tiboran uch ish kunidan ko'p bo'lmagan muddatda qo'llaniladi. Ushbu muddatga qarzdorning ish haqidan, stipendiyasidan, pensiyasidan va boshqa turdagi daromadlaridan pul mablag'lari ushlab qolingan vaqt kirmaydi.
Undiruv to'liq amalga oshirilgan ijro hujjati bo'yicha ijro ishini soddalashtirilgan tartibda yuritishda mazkur qarorni chiqargan organ (mansabdor shaxs) yoxud sud uning ijro etilganligi haqida ijro hujjati to'liq ijro etilgan kundan keyingi kundan kechiktirmay xabardor qilinadi.
Ijro hujjati bo'yicha ijro ishini soddalashtirilgan tartibda yuritishda ijro hujjatini berishga asos bo'lgan sud hujjati yoki boshqa organning hujjati bekor qilingan yoxud qonunga ko'ra ijro hujjati bo'lgan hujjat bekor qilingan yoxud haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, davlat ijrochisi ijro hujjatini bergan sudni yoki boshqa organni tegishli axborot olingan kunning ertasidan kechiktirmay ijro ishini yuritish tugatilganligi haqida xabardor qiladi.
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida qo'llaniladigan majburiy ijro etish choralari natijasiz bo'lgan taqdirda ijro hujjati va ijro yig'imini undirish to'g'risidagi qaror ushbu Qonunda belgilangan umumiy tartibda ijro etiladi. Bunda qarzdordan ijro yig'imi qo'shimcha undirilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
43¹-modda. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi
(43¹-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 20 апрелдаги ЎРҚ-1134-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.04.2026 й., 03/26/1134/0389-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.