«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

28-modda. Ijro hujjatini ijroga topshirish muddatining uzilishi

Ijro hujjatini ijroga topshirish muddati: 1) ijro hujjati ijroga topshirilganda; 2) ijro hujjati qarzdor tomonidan qisman ijro etilganda uziladi. Ijro hujjatini ijroga topshirish muddati uzilgandan so'ng muddatning o'tish davri yangidan boshlanadi. Muddat uzilgunga qadar o'tgan vaqt yangi muddat hisobiga kiritilmaydi. Ijro hujjati uni to'liq yoki qisman ijro etishning imkoniyati yo'qligi sababli undiruvchiga qaytarilgan taqdirda, uni ijroga topshirish muddati uzilgandan keyin ijro hujjati undiruvchiga qaytarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.