Ijaraga olingan mulkka egalik qilish huquqi yoki O'zbekiston Respublikasi mulkchilik to'g'risidagi qonunchiligida sanab o'tilgan huquqlar ijaraga beruvchidan boshqa shaxsga o'tganda ilgari tuzilgan shartnoma, basharti O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida o'zgacha shartlar ko'zda tutilmagan bo'lsa yangi mulk egasiga nisbatan ham o'z kuchini saqlab qoladi.
Mulk egasi bo'lmagan yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hollarda uning ijaraga beruvchi sifatidagi majburiyatlari va huquqlari, basharti O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida o'zgacha shartlar ko'zda tutilmagan bo'lsa, huquqiy vorislarga o'tadi.
lex.uz’dagi asl matn«Ijara to'g'risida»gi qonun
16-modda. Mol-mulk boshqa mulkdorga o'tganda ijara shartnomasi kuchining saqlanib qolishi
(16-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.