«Ijara to'g'risida»gi qonun

15-modda. Ijarachi vafot etgan taqdirda ijara shartnomasi kuchining saqlanib qolishi

Ijarachi vafot etgan taqdirda uning merosxo'rlaridan biri amal qilib turgan ijara shartnomasi va uning shartlari asosida o'zini ijarachi deb e'tirof etishni talab qilish huquqiga egadir. Amaldagi ijara shartnomasining tuzilishiga vafot etgan ijarachining shaxsiy fazilatlari asos qilib olingan bo'lsa, u holda ijaraga beruvchi merosxo'rni ijarachi deb e'tirof etishdan bosh tortishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.