Mahalla huquq-tartibot maskanlari ichki ishlar organlarining faoliyatini bevosita mahallalarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha, shuningdek fuqarolarning xavfsizligi va osoyishtaligini ta'minlash borasida ichki ishlar organlari, boshqa huquq-tartibot organlari va jamoat tuzilmalarining hamkorlikda ishlashini mahallalar kesimida tashkil etish bo'yicha amalga oshiradigan tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Mahalla huquq-tartibot maskanlari o'z faoliyatini quyidagi tarkibda amalga oshiradi:
profilaktika bosh inspektorlari, katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari;
mazkur hududda xizmatni o'tash uchun biriktirilgan yoki tashkiliy-shtat tuzilmasi asosida kiritilgan tuman (shahar) ichki ishlar organining xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektori, probatsiya bo'linmasi inspektori, tezkor vakil, patrul-post xizmati xodimlari, yo'l harakati xavfsizligi inspektori, qo'riqlash bo'linmasining naryadi;
jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasiga ko'maklashish uchun yuborilgan O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya bo'linmasining va boshqa vakolatli davlat organlarining xodimlari, shuningdek jamoat tuzilmalarining vakillari.
Mahalla huquq-tartibot maskani faoliyatiga profilaktika bosh inspektori rahbarlik qiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonun
15¹-modda. Mahalla huquq-tartibot maskanlari
(15¹-модда иккинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1132-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2026 й., 03/26/1132/0378-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.