Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalarining (bo'limlarining) ichki ishlar organlarining jamoatchilik bilan hamkorligini ta'minlash maqsadida tashkil etiladigan hamda qishloqlarda, ovullarda va mahallalarda jamoat tartibi saqlanishini, fuqarolar xavfsizligini, huquqbuzarliklar profilaktikasini, jinoyatchilikka qarshi kurashishni bevosita ta'minlaydigan asosiy quyi bo'g'inidir.
Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari faoliyatni profilaktika katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlaridan iborat tarkibda amalga oshiradi.
Profilaktika inspektorlari fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etadi.
Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari ishini tashkil etish uchun ichki ishlar organlarining boshqa bo'linmalari ham jalb etilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonun
15-modda. Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari
(15-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1132-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2026 й., 03/26/1132/0378-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.