«Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonun

11-modda. Ichki ishlar organlarining boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorligi

(11-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ichki ishlar organlari o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida, qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi hamda aniqlangan jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar to'g'risidagi axborotni almashishni, shu jumladan elektron shaklda almashishni, shuningdek boshqa axborotni almashishni amalga oshiradi. Davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta'minlashda, jinoyatlar va ma'muriy huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qo'yish, ularni fosh etishda, jinoyat ishlarini tergov qilishda, jinoyatchilarni qidirishda, bedarak yo'qolganlarning turgan joyini aniqlashda, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasida ichki ishlar organlariga o'z vakolatlari doirasida ko'maklashishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.