Havo kodeksi

98-modda. Havo transportida tashish shartnomasi

(98-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2012 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-337-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2012 й., 39-сон, 447-модда)

Havo transportida tashish shartnomasiga binoan tashuvchi yo'lovchi va uning qo'l yukini chiptada ko'rsatilgan parvozni amalga oshirayotgan havo kemasidan joy berib belgilangan manzilga eltib qo'yish majburiyatini, yo'lovchi qo'l yukini topshirgan bo'lsa — qo'l yukini belgilangan manzilga yetkazib, uni yo'lovchiga yoki yo'lovchi tayinlagan shaxsga topshirish majburiyatini oladi. Yo'lovchi belgilangan tarif bo'yicha parvoz uchun, yuk tashuvchi belgilagan me'yordan ortiq qo'l yuki bo'lgan taqdirda esa bunday — qo'l yuki uchun ham haq to'lash majburiyatini oladi. Havo transportida tashish shartnomasiga ko'ra yuk tashuvchi o'ziga yuk jo'natuvchi ishonib topshirgan yuk yoki pochtani belgilangan manzilga yetkazib, ularni yukni yoki pochtani qabul qilib olishga vakolat berilgan shaxsga topshirish majburiyatini oladi, yuk jo'natuvchi esa yuk yoki pochta tashilgani uchun belgilangan tarif bo'yicha haq to'lash majburiyatini oladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.