Havo kodeksi

95-modda. Havo transportida tashish va aviatsiya ishlarini bajarish qoidalari

(95-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Havo transportida tashish yoki aviatsiya ishlarini bajarish istagini bildirgan havo kemasining ekspluatanti ekspluatant sertifikatini olishi lozim. Havo transportida tashish va aviatsiya ishlari havo kemalarining ekspluatantlari va buyurtmachilar o'rtasidagi shartnomalar asosida yoki korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning bir martalik buyurtmalari asosida bajariladi. Havo kemalarining ekspluatantlari va buyurtmachilar o'z sheriklarini tanlashda teng huquqlarga egadirlar. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari hududlarining ekologiyasi yoki hududlarida transport vositalari va odamlar harakatining alohida tartibidan kelib chiqib, aviatsiya ishlarini bajarish shartlarini va cheklovlarni belgilab qo'yish huquqiga egadir. Bunday shartlar va cheklovlarni kelishib olish buyurtmachi zimmasiga yuklatiladi. Havo kemalarining ekspluatantlari O'zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma'muriyati tomonidan belgilanadigan havo transportida tashish yoki aviatsiya ishlarini bajarish qoidalariga rioya qilishi shart. Bunda havo kemalarining ekspluatantlari havo transportida tashish yoki aviatsiya ishlarini bajarishning o'z faoliyatlari xususiyatiga mos keladigan va O'zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma'muriyati tomonidan belgilangan qoidalarga zid bo'lmagan qo'shimcha qoidalarini belgilashi mumkin. Havo kemalarida pochta tashish tartibi pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi va O'zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma'muriyati bilan kelishiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.