Havo kodeksi

86-modda. Tekshirishni tashkil qilish va o'tkazish

(86-модда иккинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 29 апрелдаги ЎРҚ-688-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 29.04.2021 й., 03/21/688/0394-сон)

Har bir aviatsiya halokati yoki baxtsiz hodisa albatta tekshirishdan o'tkazilmog'i lozim. Halokatlar yoki baxtsiz hodisalar: fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyada – O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi komissiyalari tomonidan; davlat aviatsiyasida – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi komissiyalari tomonidan tekshiriladi. Halokat yoki baxtsiz hodisa davlat va fuqaro aviatsiyasi yoki davlat aviatsiyasi va eksperimental aviatsiya manfaatlariga daxldor bo'lgan taqdirda tekshirish O'zbekiston Respublikasining Transport vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek O'zbekiston Respublikasining boshqa daxldor vazirliklari va idoralari vakillaridan tashkil topgan qo'shma komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday komissiyalar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi. Tekshirishni tashkil qilish va amalga oshirish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan qoidalar bilan belgilanadi. Aviatsiya halokati yoki baxtsiz hodisani bunday tekshirishdan maqsad kimningdir aybini yoki javobgarligini belgilash emas, balki hodisaning ob'yektiv sabablarini aniqlashdan iboratdir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.