Aviatsiya halokatlari va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida havo kemalari parvozining xavfsizligi ustidan nazorat amalga oshiriladi.
Havo kemasidan uchish maqsadlarida foydalanish chog'ida mazkur kemaning, ekipajning, boshqa aviatsiya xodimlarining normal faoliyatini buzgan holda yoki tashqi sharoitlar natijasida ro'y bergan va odamlar halokatiga, havo kemasining jiddiy zarar ko'rishiga, vayron bo'lishiga yoki yo'qolishiga olib kelgan hodisa aviatsiya halokati deb e'tirof etiladi.
Hodisa natijasida yuqorida zikr etilgan oqibatlar sodir bo'lmagan-ku, lekin ish o'ngidan kelmay shunday oqibatlar sodir qilinishi mumkin bo'lsa, bunday hodisa baxtsiz hodisa deb e'tirof etiladi. Havo kemalari parvozining xavfsizligi ustidan nazoratni tashkil qilish va uni amalga oshirish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn85-modda. Havo kemalari parvozining xavfsizligi ustidan nazorat
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.