Samoviy hududdan foydalanish bilan bog'liq faoliyatni amalga oshirish uchun samoviy hududda havo transporti qatnoviga xizmat ko'rsatadigan rayonlar, aerodromlar va aerouzellarning rayonlari, havo yo'llari, havo kemalari parvozining yo'nalishlari va maxsus mintaqalari, nazorat qilinmaydigan parvozlarning rayonlari, taqiqlangan va cheklangan mintaqalar, sinov rayonlari, portlatish ishlari rayonlari hamda boshqa maxsus elementlar belgilanib, ularning majmuasi O'zbekiston Respublikasi samoviy hududining tarkibini tashkil etadi.
Samoviy hududdan foydalanishni tashkil etish atrof muhitni muhofaza qilishning umum e'tirof etgan me'yorlariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn8-modda. Samoviy hududning tarkibi
(8-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 1997 йил 26 декабрдаги 549-I-сон Қонуни таҳририда — Олий Мажлис Ахборотномаси, 1998 й., 3-сон, 38-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.