Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemasini qidiruv va qutqaruv ishlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan tegishli ishlarni bajarish qoidalariga muvofiq zudlik bilan amalga oshirilishi lozim. Bu qoidalarda:
a) barcha davlatlar havo kemalarini qidiruv va qutqaruv ishlari, qidiruv-qutqaruv kuchlari va vositalarini joylashtirish, ularga yuqoridagi ishlarni bajarishda tekin ta'minot va xizmat ko'rsatilishi;
b) havo kemasini, uning yo'lovchilarini va ekipajini halokat joyidan evakuatsiya qilish, halokatga uchragan havo kemasi ekspluatantining kuchi va vositalari bilan yoxud ekspluatant hisobidan o'zga kuch va vositalar bilan amalga oshirilishi;
v) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar havo kemasini qidiruv va qutqaruv ishlarini amalga oshirishda barcha zarur yordamni ko'rsatishga va qidiruv-qutqaruv organlari yetib kelguniga qadar odamlarni qutqarish, ularga tibbiy va boshqa yordam ko'rsatish uchun, shuningdek havo kemasini va uning ichidagi hujjatlar, asbob-uskunalar va mol-mulklarni saqlash uchun choralar ko'rishlari shartligi nazarda tutilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn79-modda. Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalari yo'lovchilari va ekipajini qutqarish
(79-модданинг «в» кичик банди Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.