Havo kodeksi

64-modda. Parvozga tayyorlanish

(64-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2000 йил 26 майдаги 82-II-сон Қонуни таҳририда — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2000 й., 5-6-сон, 153-модда)

Havo kemasi parvoz qilishidan oldin havo kemasini, kema ekipajini va aviatsiyaning boshqa xodimlarini, uchish va qo'nish aerodromlarini tayyorlash kabi ishlar amalga oshirilishi kerak. Parvozlarga tayyorgarlik qoidalari va bu tayyorgarlik uchun mas'ul shaxslar ro'yxati fuqaro va eksperimental aviatsiyada Aviatsiya ma'muriyati tomonidan, davlat aviatsiyasida esa O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. Texnikaviy soz va parvozga shay havo kemasiga hamda uning tegishli sharoitlarda parvoz qilishga huquqi bor ekipajiga O'zbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari yoki O'zbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalarida belgilangan tartibda parvozni amalga oshirish uchun ruxsat beriladi. Parvoz boshlanishi oldidan yo'lovchilar xatarli vaziyatda qanday harakat qilishlari haqida ma'lumot olishlari lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.