Parvozni bajarish uchun havo kemasida kema hujjatlari bo'lmog'i lozim; bu hujjatlarning ro'yxati fuqaro va eksperimental aviatsiya uchun Aviatsiya ma'muriyati tomonidan, davlat aviatsiyasi uchun esa O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan havo kemalarida quyidagi hujjatlar:
a) havo kemasining ro'yxatdan o'tkazilganligi haqida guvohnoma;
b) havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati;
v) kema daftarlari;
g) mazkur turdagi havo kemasida parvoz qilish chog'ida ishlatiladigan qo'llanma;
d) Aviatsiya ma'muriyati nazarda tutgan boshqa hujjatlar bo'lishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn63-modda. Kema hujjatlari
(63-модда иккинчи қисмининг «б» банди Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 8 июлдаги ЎРҚ-159-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2008 й., 28-сон, 261-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.