Havo kodeksi

59-modda. Aloqa vositalaridan foydalanish

(59-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 ноябрдаги ЎРҚ-880-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.11.2023 й., 03/23/880/0905-сон)

Havo transporti qatnovini ta'minlash va unga xizmat ko'rsatish uchun telefon, telegraf va boshqa aloqa vositalaridan navbatsiz, oddiy tarif bo'yicha haq to'lab foydalaniladi. Havo transporti qatnovini ta'minlash va unga xizmat ko'rsatish uchun ommaviy aloqa vositalaridan foydalanish tartibi O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Aviatsiya ma'muriyatining, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning tegishli organlari bilan kelishuv asosida belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.