O'zbekiston Respublikasi hududidagi havo transporti qatnovi aeronavigatsiya vositalari va tizimlari, shuningdek havo transporti qatnovining aloqa hamda boshqaruv vositalari va tizimlari bilan ta'minlanadi.
Bunday ta'minlash tartibini o'z vakolatlari doirasida Aviatsiya ma'muriyati va O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi belgilaydi.
Mazkur vositalar va tizimlardan birgalikda foydalanish tartibi ushbu organlar o'rtasida tuzilgan bitimlarga binoan belgilanadi.
Aeronavigatsiya vositalari va tizimlari sifatida foydalaniladigan ob'yektlar qurilishi (o'rnatilishi) uchun yer ajratish O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida amalga oshiriladi. Bunday qurilishlar uchun ajratiladigan yer maydonining sathi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda tasdiqlangan me'yorlar hamda loyiha-texnikaviy hujjatlar asosida aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn58-modda. Aeronavigatsiya hamda aloqa vositalari va tizimlari
(58-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.