Havo kodeksi

5-modda. Davlat tasarrufida bo'lmagan tashkilotlar va fuqarolarning samoviy hududdan foydalanish hamda aviatsiya faoliyatini tartibga solish borasidagi tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdagi ishtiroki

Tijorat, jamoat va davlat tasarrufida bo'lmagan boshqa tashkilotlar hamda fuqarolar samoviy hududdan va aviatsiya faoliyatidan oqilona, samarali hamda xavfsiz foydalanish borasidagi tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Davlat organlari yuqorida zikr etilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish chog'ida tijorat, jamoat va davlat tasarrufida bo'lmagan boshqa tashkilotlarning hamda fuqarolarning takliflarini hisobga oladilar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.