Egallab turgan lavozimiga binoan faoliyati parvozlarni tashkil etish, amalga oshirish va ta'minlash hamda havo transporti qatnoviga xizmat ko'rsatish bilan bevosita aloqador aviatsiya xodimlarini kasb faoliyatiga tayyorlash davlat tomonidan shahodatlangan tashkilotlarda amalga oshiriladi. Fuqaro va davlat aviatsiyasi kadrlarini tayyorlovchi o'quv yurtlarini sertifikatlash tegishincha O'zbekiston Respublikasining Aviatsiya ma'muriyati va O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda o'tkaziladi.
Havo kemalari parvozini amalga oshirish va bu parvozlarni ta'minlash bilan bevosita aloqador aviatsiya xodimlari tegishli faoliyatni amalga oshirish guvohnomasiga ega bo'lgan hamda salomatliklari belgilangan talablarga javob beradigan taqdirdagina kasb faoliyatini bajarishga qo'yiladilar.
Aviatsiya xodimlarini kasb faoliyati bilan shug'ullanishga ruxsat etish va shu faoliyatni bajarish uchun guvohnoma berish tartibi, shuningdek aviatsiya xodimlari turli toifalarining sog'liqlariga bo'lgan talablar hamda ularni tibbiy ko'rikdan o'tkazish tartibi fuqaro va eksperimental aviatsiyada Aviatsiya ma'muriyati tomonidan, davlat aviatsiyasida esa O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlari kasb faoliyatini bajarish chog'ida amaldagi guvohnomani o'zlari bilan olib yurishlari kerak.
lex.uz’dagi asl matn49-modda. Kasb faoliyatiga tayyorlash va bunday faoliyatga ruxsat berish
(49-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.