Mamlakat ichkarisidagi tashishlarda tashuvchiga olti oylik muddat ichida, jarima to'lanishi to'g'risidagi da'volar esa — 45 kun ichida taqdim etilishi mumkin.
Ko'rsatilgan muddat hisobi:
a) qo'l yuki, yuk yoki pochta kamomadini yoxud yetkazilgan zararni qoplash, shuningdek qo'l yuki, yuk yoki pochta kechiktirilganligi uchun qo'yiladigan talablar bo'yicha — ular berilgan kundan boshlab;
b) yo'qotilgan yuk badalini qoplash haqidagi talablar bo'yicha — yuk yetkazib berish uchun mo'ljallangan muddatdan 10 kun o'tgach;
v) yo'qotilgan qo'l yuki yoki pochta badalini qoplash haqidagi talablar bo'yicha — yetkazib berish muddati o'tgandan so'ng;
g) boshqa barcha hollarda — talab qilish uchun asos bo'la oladigan voqea ro'y bergan kundan e'tiboran boshlanadi.
Talab qilish muddati tugaganidan so'ng ham, agar tashuvchi ko'rsatilgan sabab uzrli deb hisoblasa, talablarni ko'rib chiqish uchun qabul qilishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn124-modda. Mamlakat ichkarisidagi tashishlarda talab qo'yish muddatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.