Havo kodeksi

123-modda. Talab qo'yish va da'vo qo'zg'atish huquqiga ega bo'lgan shaxslar

(123-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Yo'lovchi, yuk jo'natuvchi, yukni qabul qiluvchi yoki ular vakolat bergan shaxslar yo'lovchini va qo'l yukini, pochta va yukni havo transportida tashish shartnomasi tuzilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek havo transportida tashish shartnomasi buzilganligi to'g'risidagi dalolatnomani taqdim etib, tashuvchiga nisbatan talab qo'yish va da'vo qo'zg'atish huquqiga egadir. Havo transportida tashish shartnomasi buzilganligi to'g'risidagi dalolatnomaning yo'qligi, agar bunday dalolatnoma tashuvchining xodimlari yoki agenti tomonidan tuzilmaganligi isbotlansa, tashuvchiga nisbatan talab qo'yish va da'vo qo'zg'atish huquqidan mahrum eta olmaydi. Yo'lovchi, yuk jo'natuvchi, yukni qabul qiluvchi vafot etgan yoki ular sog'lig'ining holati tashuvchiga nisbatan talab qo'yish va da'vo qo'zg'atish imkonini bermagan taqdirda, yetkazilgan zararning o'rnini qonunchilikka muvofiq qoplatish huquqiga ega bo'lgan shaxslar talab qo'yishi yoki da'vo qo'zg'atishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.