O'zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs bilan nikohdan o'tishi, shuningdek bunday nikohning bekor qilinishi er-xotinning fuqaroligi o'zgarishiga sabab bo'lmaydi.
Er-xotindan birining O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi o'zgarishi ikkinchisining fuqaroligi o'zgarishiga sabab bo'lmaydi.
Nikohning bekor qilinishi ushbu nikohda tug'ilgan yoki nikoh bekor qilinguniga qadar farzandlikka olingan bolaning fuqaroligi o'zgarishiga sabab bo'lmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida»gi qonun
8-modda. Nikohdan o'tishda va uni bekor qilishda O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qolish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.