O'zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, identifikatsiyalovchi kartasi yoki O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjud ekanligini ko'rsatuvchi boshqa hujjat O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatdir.
Quyidagilar o'n olti yoshga to'lmagan bolaning O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatdir:
tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma yoki ma'lumotnoma (bolaning tug'ilgan joyidan qat'i nazar) — ota-onasidan birining O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi mavjud ekanligini ko'rsatuvchi pasporti, identifikatsiyalovchi kartasi yoki boshqa hujjati ko'rsatilganda;
tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma yoki ma'lumotnoma (bola O'zbekiston Respublikasida tug'ilgan taqdirda) — fuqaroligi bo'lmagan shaxslar bo'lgan ota-onaning (yolg'iz otaning yoki onaning) O'zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi ko'rsatilganda.
lex.uz’dagi asl matn«O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida»gi qonun
7-modda. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar
(7-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 14 июндаги ЎРҚ-696-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.06.2021 й., 03/21/696/0553-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.