Fuqarolik protsessual kodeksi

71-modda. Isbotlash vositalari

(71-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)

Taraflarning talablari va e'tirozlarini asoslaydigan holatlarning mavjudligini yoki mavjud emasligini sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo'ladigan har qanday faktik ma'lumot va ishni to'g'ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo'lgan boshqa holatlar fuqarolik ishi bo'yicha dalillardir. Bu ma'lumotlar quyidagi vositalar, ya'ni: taraflarning va uchinchi shaxslarning hamda ular qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning ko'rsatuvlari, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari) bilan aniqlanadi. Anonim xatlarda va kelib chiqishi noma'lum bo'lgan yoki qonunni buzgan holda olingan boshqa ma'lumotlar dalil bo'la olmaydi. Taraflarning va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning ko'rsatuvlari ushbu Kodeksning 209-moddasida belgilangan tartibda videokonferentsaloqa tizimidan foydalanish yo'li bilan olinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.