Quyidagilar sudda vakillik qilishi mumkin emas:
1) voyaga yetmagan shaxslar, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno;
2) vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar;
3) sudyalar, prokurorlar, surishtiruvchilar, tergovchilar, sud devoni xodimlari, bundan ular qonuniy vakil (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) sifatida, shuningdek tegishli sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlarining vakili sifatida qatnashgan hollar mustasno;
4) manfaatlari vakolat beruvchining manfaatlariga zid bo'lgan shaxslarga huquqiy yordam ko'rsatayotgan yoki ilgari yordam ko'rsatgan shaxslar;
4¹) shu nizo bilan bog'liq mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda mediator sifatida ishtirok etganlar, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan va mediatorning ishtiroki yuzasidan o'zaro rozilik bo'lgan hollar mustasno;
4²) hakamlik muhokamasi davomida ayni shu nizo bilan bog'liq holda hakamlik sudyasi sifatida ishtirok etgan shaxslar;
5) sudya, prokuror, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon bilan qarindoshlik munosabatlarida bo'lgan shaxslar.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
70-modda. Sudda vakillik qilishi mumkin bo'lmagan shaxslar
(70-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-1141-сонли Қонунига асосан 4²-банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.04.2026 й., 03/26/1141/0403-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 24 июль)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.