Yo'qolgan ijro ishini yuritish sud tomonidan ishda ishtirok etgan shaxslarning, ijro ishini yuritish taraflarining, davlat ijrochisining, prokurorning arizasiga ko'ra, shuningdek ijro hujjatini bergan sudning yoki boshqa organning tashabbusi bo'yicha tiklanishi mumkin.
Yo'qolgan ijro ishini yuritish to'liq tiklanadi yoki uning sud fikriga ko'ra tiklanishi zarur bo'lgan qismi tiklanadi.
Yo'qolgan ijro ishini yuritishni tiklash to'g'risidagi ariza sud hujjati ijro etiladigan joydagi sudga beriladi.
Arizada ijro ishini yuritish to'g'risidagi batafsil ma'lumotlar bo'lishi kerak. Arizachida saqlanib qolgan va ijro ishini yuritishga daxldor bo'lgan hujjatlar yoki ularning ko'chirma nusxalari arizaga ilova qilinadi.
Sud ishni ko'rayotganda ijro ishini yuritishning saqlanib qolgan qismidan, ish yo'qolguniga qadar undan jismoniy va yuridik shaxslarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning ko'chirma nusxalaridan, shuningdek ijro ishini yuritishga daxldor bo'lgan boshqa ma'lumotnomalar va hujjatlardan foydalanadi.
Sud ijro harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etgan yoki hozir bo'lgan shaxslarni guvoh sifatida so'roq qilishi mumkin.
Arizani ko'rib chiqish natijalari bo'yicha sud ajrim chiqaradi, uning ko'chirma nusxalari ijro ishining taraflariga va davlat ijrochisiga yuboriladi.
To'plangan materiallar yo'qolgan ijro ishini yuritishni aniq tiklash uchun yetarli bo'lmasa, sud ajrim chiqarib, ijro ishini yuritishni tiklash to'g'risidagi arizani ko'rib chiqishni tugatadi. Bu holda arizachi umumiy tartibda da'vo taqdim etishga haqli.
Arizachi yo'qolgan ijro ishini yuritishni tiklash to'g'risidagi ish ko'rib chiqilishi chog'ida sud tomonidan qilingan sud xarajatlarini to'lashdan ozod qilinadi. Bila turib yolg'on ariza berilganda sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
462-modda. Yo'qolgan ijro ishini yuritishni tiklash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.