Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo'yicha pul summalarini undirish to'g'risidagi, intellektual mulk ob'yektlaridan foydalanganlik uchun haq undirish haqidagi, alimentlar undirish to'g'risidagi, mayib bo'lganlik yoki sog'liqqa boshqacha shikast yetganlik, shuningdek boquvchining vafot etishi natijasida yetkazilgan zararning o'rnini qoplash haqidagi ishlar bo'yicha sud hujjatlari bekor qilingan taqdirda, agar bekor qilingan sud hujjati da'vogar bergan soxta ma'lumotlarga yoxud u taqdim etgan qalbaki hujjatlarga asoslangan bo'lsa, sud hujjatining qaytarma ijrosiga yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
461-modda. Alohida toifadagi ishlar bo'yicha qaytarma ijroning o'ziga xos jihatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.